AsosiyDunyo

QIRG`IZISTONDAGI MUDHISh YTH: 8 KIShI HAYoTDAN KO`Z YuMDI

'QIRG`IZISTONDAGI MUDHISh YTH: 8 KIShI HAYoTDAN KO`Z YuMDI'ning rasmi

QIRG`IZISTONDAGI MUDHISh YTH: 8 KIShI HAYoTDAN KO`Z YuMDI

Avtohalokatdan so`ng voqea joyida yong`in yuzaga kelgan... Qirg`izistonning Bishkek–O`sh trassasida mudhish yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Jalolobod viloyatining Toshko`mir shahrida yuz bergan to`qnashuv oqibatida 8 kishi hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda qalampir.uz sayti ma`lum qildi.

Xabarlarga ko`ra, Honda Stepwagon va gaz tashib ketayotgan MAN rusumli yuk mashinasi “yuzma-yuz” to`qnashgan. Oqibatda 4 nafar erkak, 3 nafar ayol va 1 nafar bir yarim yashar go`dak halok bo`lgan.

Avtohalokatdan so`ng voqea joyida yong`in yuzaga kelgan. Qutqaruvchilar olovni bartaraf etishgan.

Qurbonlarning barchasi Qirg`iziston fuqarolari ekanligi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar