AsosiySalomatlik

Madad-shifo: “OChLIK BILAN DAVOLANISh MUMKINMI?”

'Madad-shifo: “OChLIK BILAN DAVOLANISh MUMKINMI?”'ning rasmi

–Tanishlarimdan ochlik yordamida organizmni tozalash usuli haqida eshitgan edim. Aytishlaricha, bir oy davomida faqat meva va sabzavotlar sharbati iste`mol qilinsa, ichaklar tiqinlardan tozalanar ekan, qolaversa, buning immunitetga ham foydasi bormish. Shu gaplar rostmi?

Zarina Nig`matullaeva, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

– Ochlik bilan davolash usuli haqiqatan ham bor, ammo uni boshlashdan avval to`liq tibbiy ko`rikdan o`tish lozim. Nega deganda, o`t pufagida tosh bo`lishi, oshqozon yarasi, qandli diabet, gipoterioz kasalliklari organizmni ochlikka mahkum etilishida nojo`ya ta`sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, faqat ho`l meva iste`mol qilish yoki ularning sharbatini ichish hamisha ham foyda keltirmaydi. Organizmga oqsil va yog` etishmasa, turli xastaliklar kelib chiqishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar