AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASIDA MAVZUIDA DAVRA SUHBATI BO`LIB O`TDI

'O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASIDA MAVZUIDA DAVRA SUHBATI BO`LIB O`TDI'ning rasmi

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASIDA «BIRLAMChI TIBBIY-SANITARIYa YoRDAMI MUASSASALARI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh: YuTUQLAR, MUAMMOLAR VA ULARNING EChIMI» MAVZUIDA DAVRA SUHBATI BO`LIB O`TDI.

Unda parlament quyi palatasi huzuridagi Aholiga tibbiy xizmat ko`rsatishni va dori vositalari ta`minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo`yicha komissiya a`zolari, Sog`liqni saqlash vazirligi xodimlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar huzuridagi hududiy tibbiyot komissiyalari rahbarlari, sohaga daxldor bo`lgan vazirlik va idoralar, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari B.Alixonov, sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari B.Yusupaliev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida sog`liqni saqlash sohasini tubdan isloh qilish, aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko`rsatish, xalqimizning ushbu sohadan roziligini ta`minlash borasida keng ko`lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta`kidladi.

Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami o`z vaqtida va sifatli ko`rsatilishini ta`minlash maqsadida 793 qishloq vrachlik punkti negizida qishloq oilaviy poliklinikasi va 441 tez tibbiy yordam shaxobchasi tashkil etildi. Shifokorlarga faoliyati tugatilgan 658 qishloq vrachlik punkti binolari xizmat uyi sifatida foydalanish uchun berildi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 126 qishloq vrachlik punkti, 180 oilaviy poliklinika «Salomatlik-3» loyihasi doirasida tibbiy jihozlar bilan ta`minlandi. Qishloq oilaviy poliklinikalarida 5 turdagi tor soha mutaxassislari faoliyati yo`lga qo`yildi.

Davra suhbatida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko`rsatish yo`nalishidagi islohotlarning ijrosi samaradorligini ta`minlash, tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilashda joriy etilgan deputatlik, parlament va jamoatchilik nazoratining bugungi holati va uning natijalari tanqidiy tahlil etildi.

    Boshqa yangiliklar