AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONDA DAVLAT NOTARIAL IDORALARI NODAVLAT IDORALARGA AYLANTIRILADI

'O`ZBEKISTONDA DAVLAT NOTARIAL IDORALARI NODAVLAT IDORALARGA AYLANTIRILADI'ning rasmi

2018 YILNING 1 YaNVARIDAN BOShLAB DAVLAT NOTARIAL IDORALARI NODAVLAT IDORALARGA AYLANTIRIB BORILADI.

Bu haqdagi tegishli farmon loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va O`zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan.

O`zbekistonda notariat institutini isloh qilishning asosiy yo`nalishlari ro`yxatida notarial faoliyatning samarali, shaffof tizimini yaratish va notariuslarni muntazam attestasiyadan o`tkazish tartiblarini joriy etishdan iborat.

Notariatlarni halol va yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash va yuqori darajada xizmat ko`rsatishga erishish ham ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Notarial idoralarni moliyalashtirishning adolatli sharoitlarini yaratish orqali notariuslarning o`z vaqtida va sifatli xizmat ko`rsatishlariga erishish rejalashtirilgan.

O`zbekiston Notarial palatasini ta`sis etish va barcha notariuslarning unga majburiy ravishda a`zo bo`lishini yo`lga qo`yish ko`zda tutilgan. Rejaga ko`ra, nodavlat palata notariuslar faoliyatini muvofiqlashtirib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Shuningdek, 2018 yil 1 iyulidan O`zbekistonning barcha hududlarida elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik ta`minoti, suv ta`minoti va kanalizasiya bo`yicha qarzdorlik mavjud emasligi to`g`risida qog`oz ko`rinishidagi ma`lumotnomalarni taqdim etish haqidagi talab bekor qilinadi. Zarur ma`lumotlar faqatgina idoralararo elektron aloqani qo`llash yoki kommunal qarzdorlikni qoplash to`g`risida tomonlarning yozma xatini olish yo`li bilan amalga oshiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar