"VNEShEKONOMBANK" O`ZBEKISTON MILLIY BANKIGA 250 MILLION AQSh DOLLARIGAChA BO`LGAN KREDIT LINIYaLARINI OChADI
Rossiya Federasiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedevning Toshkentga tashrifi doirasida, 2017 yilning 2 noyabr kuni O`zbekiston Milliy banki hamda "Vneshekonombank" o`rtasida hamkorlik to`g`risida Kelishuv imzolandi.
Bu haqdagi ma`lumot O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki saytida e`lon qilingan.
Kelishuv O`zbekiston Respublikasida energetika sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun Milliy bankka 10 yilgacha bo`lgan muddatga 250 million AQSh dollarigacha bo`lgan kredit liniyalarini ochishni nazarda tutadi. Bu Rossiyaning yuqori texnologiyali energiya uskunalarini etkazib berishni o`z ichiga oladi. Loyihalar orasida "Sirdaryo IES energobloklarining modernizasiyasi" va "Farhod GES" unitar korxonasi modernizasiyasi" kabilar bor.
Ushbu kelishuvga O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasiga joriy yilning 4-5 aprel kunlari amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo`yicha erishildi.






