AsosiyJamiyat

ETTB BIRINChI VISE-PREZIDENTI FILIP BENNETT BOShChILIGIDAGI DELEGASIYa MAMLAKATIMIZGA TAShRIF BUYuRDI

'ETTB BIRINChI VISE-PREZIDENTI FILIP BENNETT BOShChILIGIDAGI DELEGASIYa MAMLAKATIMIZGA TAShRIF BUYuRDI'ning rasmi

EVROPA TIKLANISh VA TARAQQIYoT BANKI BIRINChI VISE-PREZIDENTI FILIP BENNETT BOShChILIGIDAGI DELEGASIYa MAMLAKATIMIZGA TAShRIF BUYuRDI.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o`rinbosari S.Safoev bilan uchrashuvda O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta`kidlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti o`rtasida shu yil mart oyida Toshkent shahrida bo`lib o`tgan uchrashuv, shuningdek, O`zbekiston hukumati bilan imzolangan Anglashuv memorandumi doirasida erishilgan kelishuvlar qisqa muddatga mo`ljallangan faoliyatining ustuvor yo`nalishlarini belgilashda muhim omil bo`layotgani qayd etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash uchun kredit mablag`larini ajratish ushbu sohadagi hamkorlikda asosiy o`rin tutadi.

Tomonlar Harakatlar strategiyasini amalga oshirishdagi hamkorlik istiqbollari, xususiy sektorni qo`llab-quvvatlashni davom ettirish, investisiyaviy muhitni yanada yaxshilash, jumladan, fond birjasini modernizasiya qilish, qimmatli qog`ozlar bozorini takomillashtirish kabi qator masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vise-prezidenti Filip Bennett samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O`zbekistonda o`zaro manfaatli va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish tarafdori ekanini ta`kidladi.

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki delegasiyasi qator vazirlik va idoralarda ham uchrashuvlar o`tkazdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar