AsosiyJamiyat

ZARAFShON ARChASIGA KIM BOLTA URDI? QAShQADARYo VILOYaTI QAMAShI TUMANI QO`ShKO`L QIShLOG`I HUDUDIDA REYD O`TKAZILDI.

'ZARAFShON ARChASIGA KIM BOLTA URDI?  QAShQADARYo VILOYaTI QAMAShI TUMANI QO`ShKO`L QIShLOG`I HUDUDIDA REYD O`TKAZILDI. 'ning rasmi

ZARAFShON ARChASIGA KIM BOLTA URDI? QAShQADARYo VILOYaTI QAMAShI TUMANI QO`ShKO`L QIShLOG`I HUDUDIDA REYD O`TKAZILDI.

Qashqadaryo viloyati Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan Qamashi tumani Qo`shko`l qishlog`i hududida reyd o`tkazildi, deya xabar bermoqda O`zAA.

Reyd davomida shu qishloqda yashovchi Abdumurod Ibatov 54 tup noyob Zarafshon archasini o`zboshimchalik bilan, hech qanday ruxsatsiz kesib, qurilayotgan xususiy savdo do`koni omborxonasi tomini yopishga ishlatgani aniqlandi.

“Qashqadaryo tijorat-savdo” mas`uliyati cheklangan jamiyatida mudir lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Abdumurod Ibatov bu bilan o`simlik dunyosiga 68 million so`mlik zarar etkazganligi ma`lum bo`ldi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Qamashi tuman sudida bo`lib o`tgan sud majlisida A.Ibatov o`z aybiga iqror bo`lmasdan ustunlar eski edi, ularning 32 tasini bir necha yil ilgari qishloqdoshim E.Xushvaqtovning molxonasi buzilgan paytda chiqqan yog`ochlar orasidan olganman, deb turib oldi.

Biroq hech qanday bahona-yu, vajlarga o`rin qolmadi – ekspertlar noyob archa daraxti yangi kesilganini qayd etishdi. O`zboshimcha do`kondorning aybi to`plangan boshqa bir qator dalillar orqali ham o`z isbotini topdi.

Sud hukmi bilan A.Ibatovga ikki yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Amnistiya sabab, u tayinlangan jazodan ozod etildi. Biroq, archalar kesilishi oqibatida etkazilgan zarar ayblanuvchidan hududiy Bioinspeksiya hisobiga undiriladigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar