AsosiyJamiyat

YaNGI AGENTLIK TAShKIL ETILIB, “O`ZFARMSANOAT” KONSERNI TUGATILDI

'YaNGI AGENTLIK TAShKIL ETILIB, “O`ZFARMSANOAT” KONSERNI TUGATILDI'ning rasmi

YaNGI AGENTLIK TAShKIL ETILIB, “O`ZFARMSANOAT” KONSERNI TUGATILDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 7 noyabr kuni "Farmasevtika tarmog`ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmonga imzo chekdi.

Hujjatga muvofiq, Sog`liqni saqlash vazirligi huzurida Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Ushbu Agentlik zimmasiga farmasevtika tarmog`ini barqaror rivojlantirish strategiyasini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklikni joriy etish yo`li bilan ishlab chiqish va amalga oshirish, farmasevtika korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi va davlat sog`liqni saqlash muassasalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda tibbiyot texnikalari bilan ta`minlash dasturlarini amalga oshirish bo`yicha vazifalar yuklatildi.

Sog`liqni saqlash vazirligining dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartizasiyasi davlat markazi, O`zbek kimyo-farmasevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti Agentlikning tasarrufiga o`tkazildi.

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligining “O‘zmedeksport” davlat korxonasi “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlanib, Agentlikning tasarrufiga o`tkazildi. Bunda “O‘zmedimpeks” O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro`yxat bo`yicha ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining yagona etkazib beruvchisi etib belgilandi, shuningdek, ularni saqlash, qayta ishlash va etkazib berish bo`yicha agenti hisoblanadi.

Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligi tashkil etilgani munosabati bilan “O`zfarmsanoat” konserni tugatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar