MARKAZIY OSIYo DAVLATLARI TAShQI IShLAR VAZIRLARI SAMARQANDAGI YIRIK KONFERENSIYaDA IShTIROK ETADI
Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, 2017 yilning 8-9 noyabr kunlari Qirg`iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qozog`iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov O`zbekistonga keladi.
10 noyabr kuni mintaqaning besh davlati tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Samarqand shahrida bo`lib o`tadigan “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida ishtirok etadilar va 10-11 noyabr kunlari “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” muvzuidagi xalqaro konferensiyada nutq so`zlaydilar.






