AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON GAZ EKSPORTINI YILIGA 3 451,78 MILLION KUBGA OShIRADI

'O`ZBEKISTON GAZ EKSPORTINI YILIGA 3 451,78 MILLION KUBGA OShIRADI'ning rasmi

O`ZBEKISTON GAZ EKSPORTINI YILIGA 3 451,78 MILLION KUBGA OShIRADI.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3 noyabrda qabul qilingan “2017 — 2021 yillarda uglevodorod xom ashyosini qazib chiqarishni oshirish dasturining birinchi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida keltirilgan.

Hujjatga ko`ra, “ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC” (BAA) kompaniyasi O`zbekistonda 248 ta gaz va 48 ta neft ekspluatasiya quduqlarini quradi hamda 328 ta quduqni mukammal ta`mirdan chiqaradi.

Natijada tabiiy gaz qazib chiqarish hajmining o`sishi yiliga 6 356,1 million metr kubni tashkil etadi. Shundan 3 451,78 million kubi eksport qilinadi.

Gaz kondensatlari bo`yicha ko`rsatkichlar 114,72 ming tonnaga, neft bo`yicha esa –75,5 ming tonnaga o`sadi.

Loyihani amalga oshirish uchun “O`zbekneftgaz” AJ, uning idoraviy mansub tashkilotlari va «Natural Gas-Stream» QK mas`ul hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar