“Manchester City”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premer ligasining 38-turidan o‘rin olgan “Aston Villa”ga qarshi bahs uchun qaydnomaga kiritilmadi.
Ma’lum qilinishicha, jamoa bosh murabbiyi Pep Guardiola ushbu uchrashuvda bir qator asosiy futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Shu sababli darvozabon Janluiji Donnarumma, himoyachilar Abduqodir Husanov va Mark Gehi, yarim himoyachi Rodri hamda hujumchi Erling Holand bahsni o‘tkazib yuboradi.
Shuningdek, uchrashuvda mavsum yakunida klubni tark etishi aytilgan Jon Stones va Bernardu Silva, shu bilan birga, jarohatdan tiklangan Ruben Diash, Natan Ake hamda kam o‘yin amaliyotiga ega futbolchilar maydonga tushishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Manchester City” uchun mazkur o‘yin turnir jadvali nuqtai nazaridan ahamiyatli hisoblanmaydi. Shu bilan birga, bahs Pep Gvardiolaning klubdan so‘nggi uchrashuvi bo‘lishi aytilmoqda.






