AsosiyDunyo

Uchuvchi o`zi boshqarayotgan samolyotni garovga oldi

Ethiopian Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo`lgan yo`lovchi samolyoti Jenevada qo`nishga majbur bo`ldi. 

RIA axborot agentligining xabar berishicha, Addis-Abeba-Rim yo`nalishi bo`yicha parvoz amalga oshirayotgan samolyot layneridagi yo`lovchilar garovga olingani haqida xabar berilgan. Jeneva aeroportida keltirilgan ma`lumotga ko`ra, Boeing 767-300 aeroportga mahalliy vaqt bilan 6:10 da qo`ngan. Samolyot bortida 200 kishi bo`lgan, ulardan hech biri jarohat olmagan. 

Polisiya va aeroport vakillarining bergan ma`lumotlariga ko`ra, samolyotni garovga olgan shaxs ikkinchi uchuvchi bo`lgan. Ushbu samolyot Jenevadagi aeroportga qo`nishi bilan o`zini polisiya xodimlariga topshirgan hamda mamlakat hukumatidan boshpana so`ragan. 

    Boshqa yangiliklar