17.02.2014 15:43
Venesuela AQShning uch nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi
Prezident ularni mamlakatdagi oliy ta`lim muassasalariga kelib, talabalarni hukumatga qarshi namoyishlar qilishga undaganlikda ayblamoqda. Shuningdek, mamlakat rahbari AQSh hukumati qarshilar bilan yaxshi aloqada ekanligini va ularga hukumatni ag`darish uchun tayyorgarlik qilishda yordam berayotganini aytib o`tdi.
O`tgan haftada Venesuela ichki ishlar vaziri Migel Rodriges talabalar namoyishi fitna ekanligi va ular chet elda tayyorlarlik ko`rishganini aytib o`tgan.
16 fevral kuni ham mamlakat poytaxti Karakasda minglab talabalar ishtirokida namoyishlar o`tkazildi. Bu haqda Interfaks axborot agentligi xabar bermoqda. Namoyish tashkilotchilari hukumatni namoyish qatnashchilariga kuch ishlatganlikda ayblamoqda. Bu o`z navbatida havfsizlik xodimlari bilan to`qnashuvlariga olib keldi.