LYuKSEMBURG OFFShOR HUDUDLAR RO`YXATIDAN ChIQARILDI
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xabar berishicha, 2017 yil 7 noyabrda Davlat soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi va Markaziy banki Boshqaruvining “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operasiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish kiritish haqida”gi qarori davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Buxaqda "Xalq so`zi" nashri ma`lum qilmoqda.
2015 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining soliq solish maqsadida shaffoflik va axborot almashish bo`yicha dunyo forumi Lyuksemburgni mazkur tashkilotning “talablariga etarli darajada muvofiq keladigan davlat” sifatida tan olgan.
Shunga ko`ra, mazkur o`zgartirish bilan Lyuksemburg Imtiyozli soliq rejimi beriladigan va (yoki) moliyaviy operasiyalar amalga oshirilganda oshkor etish va axborot berish nazarda tutilmaydigan davlat va hududlar (offshor hududlar) ro`yxatidan chiqarib tashlandi.
Bundan buyon tijorat banklari tomonidan mijozlarning Lyuksemburgda ro`yxatdan o`tgan, shuningdek norezidentlarning ushbu davlatda joylashgan banklardagi hisobvaraqlariga shartnoma bo`yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) importi yuzasidan to`lov amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilmaydi.






