1

Orol dengizida suv yo`qolish hajmi kamaydi

Jamiyat 17.02.2014, 17:06
Orol dengizida suv yo`qolish hajmi kamaydi
Orol dengizi havzasi suvni yo`qotishda davom etmoqda, biroq so`nggi yillarda vaziyat biroz yaxshilangan va avvalgiday umidsiz emas, deyiladi NASA reaktiv harakati Laborotoriyasida.

Orol dengizi so`nggi 50 yilda unga qo`shiladigan Sirdaryo va Amudaryoni suv bilan sug`orilishi oqibatida 90% suv yo`qotdi. Orol dengizi havzasi 1,5 million kvadrat kilometr joyni egallaydi. Dengiz O`zbekiston va Qozog`iston hududida joylashgan.

AQShning Toledo universiteti olimlari Richard Beker va Kirk Zmievski NASA ma`lumotlaridan foydalanib, Orol dengizi hududidagi so`nggi 30 yildagi yog`ingarchiliklarni, shuningdek GRACE sputnigining 2003-2012 yillardagi ma`lumotlarini tahlil qilishdi. Ushbu sputniklar juda yuqori aniqlik bilan Erning gravitasion maydonini o`lchaydi. Olimlar uni dengiz havzasidagi suv hajmini hisob-kitob qilish uchun ishlatishdi.

Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatdiki, agar Orol 2003 yilda 14 kub kilometr suv yo`qotgan bo`lsa, 2012 yilga kelib vaziyat yaxshilangan va yo`qotish 12 kub kilometrni tashkil qilgan. 

So`nggi 30 yilda hududdagi yog`ingarchiliklar u qadar ko`p o`zgarmaganligi sababli olimlar suv kamayotganini parlanish bilan bog`lashmoqda.

"Vaziyat 2000 yillardan yaxshilana boshlagani quvonarli hol, Dengiz havzasi qarashli har bir mamlakat uni kelajakda hali yaxshilash imkoniga ega", - deya xulosa qiladi tadqiqot mualliflari.

Avvalroq Okeonologiya instituti direktorii Petr Zavyalov ham Orol dengizi qurishi sekinlashayotgani haqida aytib o`tgan edi. Buni esa u nafaqat odam qo`li bilan amalga oshirilayotgan ishlar balki iqlim o`zgarishlari bilan sodir bo`layotganini ta`kidlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1