AsosiyJamiyat

TOShKENT ISLOM UNIVERSITETIDA ShAROF RAShIDOV 100 YILLIGIGA BAG`IShLANGAN ANJUMAN TAShKIL ETILDI

'TOShKENT ISLOM UNIVERSITETIDA ShAROF RAShIDOV 100 YILLIGIGA BAG`IShLANGAN ANJUMAN TAShKIL ETILDI 'ning rasmi

TOShKENT ISLOM UNIVERSITETIDA ShAROF RAShIDOV 100 YILLIGIGA BAG`IShLANGAN ANJUMAN TAShKIL ETILDI

Toshkent islom universitetida atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan “Sharof Rashidov – davlat va jamoat arbobi” mavzuida ilmiy-ma`rifiy anjuman o`tkazildi.

Anjuman Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to`g`risida”gi qarori ijrosi doirasida O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, FA huzuridagi O`zbekistonning eng yangi tarixi bo`yicha Jamoatchilik kengashi, O`zbekiston musulmonlari idorasi, "Qatag`on qurbonlari xotirasi” muzeyi kabi davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Toshkent islom universiteti rektori, professor R.Abdullaev va boshqalar Sharof Rashidovning respublikamizni juda murakkab va og`ir yillarda boshqarishdagi beqiyos salohiyati, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi yo`lida fidokorona mehnati, milliy adabiyotimiz rivojidagi yorqin ijodiy faoliyati haqida so`z yuritdi.

Sharof Rashidov qishloq xo`jaligining yuksak marralarga ko`tarilishi, cho`l hududlarining o`zlashtirilishi, magistral yo`llar, Toshkent metrosining qurilishi, zilziladan katta talafot ko`rgan poytaxtning qayta tiklanishida o`zining munosib hissasini qo`shgan davlat arbobi sifatida avlodlar xotirasida mangu yashaydi. Uning yozuvchi sifatida qoldirgan adabiy merosi yosh avlodni vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

– Bugungi tadbirda yurtimizning sodiq farzandi Sharof Rashidov hayoti va faoliyati haqida ko`plab qiziqarli ma`lumotlarga ega bo`ldik, – deydi Toshkent islom universiteti talabasi Antonina Zaripova. – Ulug` davlat arbobi va yozuvchining hayoti va faoliyati biz, yoshlar uchun har tomonlama o`rnakdir.

Tadbirda Sharof Rashidov xotirasiga bag`ishlangan film namoyish etildi, kitoblar taqdimoti o`tkazildi. “Sharof Rashidov – davlat va jamoat arbobi” mavzuida esselar va “Sharof Rashidovning ijtimoiy va ijodiy faoliyati” mavzuida slayd-taqdimotlar tanlovlarida g`olib bo`lgan talabalar diplom va sovg`alar bilan taqdirlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar