AsosiyDunyo

AQShda muzey tashrif buyuruvchisi $1 millionlik vazani sindirib qo`ydi

Mayamidagi Perez Art Mueseum muzeyida xitoylik mashhur rassom va arxitektor Ay Veyveyning 16 ta vazasi namoyish etildi.
    
Namoyish davomida tashrif buyuruvchilardan biri qiymati 1 million AQSh dollarga teng bo`lgan vazani sindirib qo`ydi. Ma`lum bo`lishicha, dominikanalik Maksimo Kaminero muzey faoliyatiga qarshi chiqib, vazani ataylab sindirgan. Bu haqda Reyter axborot agentligi xabar bermoqda. 

U muzeyni faqatgina chet el mamlakatlarining san`atini namoyish etayotganlikda aybladi. 

Bundan tashqari hibsga olingan Kaminero seshanba kuni matbuot vakillari bilan uchrashishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar