1

Terra Group, Prime Media va Gamma Promotion MChJlarining mansabdor shaxslari qo`lga olindi

Jamiyat 18.02.2014, 10:59
Terra Group, Prime Media va Gamma Promotion MChJlarining mansabdor shaxslari qo`lga olindi
O`zbekiston huquqni himoya qilish organlari tomonidan Terra Group, Prime Media hamda Gamma Promotion mas`uliyati cheklangan jamiyatlarining mansabdor shaxslari qo`lga olindi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ma`lumotlariga ko`ra, ular soliq to`lamaganlikda hamda horijiy valyutani yashirishda ayblanmoqdalar.

“2014 yilning 17 fevral kuni jinoiy ish doirasida, Terra Group MChJ, Prime Media MChJ, Gamma Promotion MChJ mansabdor xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 3-qism 184-moddasi (katta hajmdagi soliq va boshqa to`lovlarni to`lashdan bosh tortganlik uchun), 178-moddaning 2-qismi «v» bandiga (chet el valyutasini bir guruh shaxslar tomonidan til biriktirilgan holda yashirish) asosan jinoiy ish qo`zg`atildi, deya [url=http://uzdaily.uz/articles-id-19241.htm]xabar beradi UzDaily nashri. 

Kecha ushbu jinoiy ish doirasida Jinoyat-prosessual kodeksning  261-264 moddalarida ko`zda tutilgan tartibda Rustam Madumarov, Gayane Avyakyan va Ekaterina Klyuevalarning prosessual ishda ishtirok etishini ta`minlash maqsadida majburiy keltirilgan. 

Bosh prokuratura ushbu jinoiy ishning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmagan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1