AsosiyJamiyat

QAHRAMON QURONBOEV ROSSIYaDAGI O`ZBEK MUHOJIRLARIGA YoRDAM BERDI

'QAHRAMON QURONBOEV ROSSIYaDAGI O`ZBEK MUHOJIRLARIGA YoRDAM BERDI'ning rasmi

O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboev boshchiligidagi delegasiya a`zolari Sankt-Peterburgda O`zbekistondan ishlashga borgan mehnat muhojirlari bilan uchrashdilar.
Aniqlanishicha, ko`p muhojirlar pasportlarini yo`qotib, ortga qaytish bo`yicha muayyan muammolarga uchraganlar.
Bu masalalar bo`yicha delegasiya a`zosi, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig`i Badriddin Shorixsiev ular bilan suhbat qildi.
Suhbat davomida mehnat muhojirlariga amaliy yordam berish va ularni Vatanga qaytarish bo`yicha tizimli ishlar olib borilishi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar