1

Pensiyasi noto`g`ri hisoblanganidan norozi fuqaroga Pensiya jamg`armasiga qayta murojaat qilish aytildi

Jamiyat 18.02.2014, 12:12
Pensiyasi noto`g`ri hisoblanganidan norozi fuqaroga Pensiya jamg`armasiga qayta murojaat qilish aytildi
Men 35 yil maktabda o`qituvchi bo`lib faoliyat yuritdim. Undan oldin 14 yoshimdan o`qishga kirguncha kolxozda ishlaganman. Pensiya hisoblashda esa faqat o`qituvchilik faoliyatim hisobga olingan. Shu to`g`rimi? (Boltaev Sulaymon, Samarqand viloyati, Payariq tumani)
 
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-son Qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risidagi Nizomning 35-bandining “a” kichik bandiga ko`ra, pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar qo`shib hisoblanadi: 
1965 yilgacha bo`lgan davrda jamoa xo`jaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, ushbu yildagi mehnat bilan qatnashish kunlari sonidan qat`i nazar, har bir ishlab berilgan yil ish stajiga bir kalendar yil sifatida qabul qilinadi.
1965 yildan keyingi davr uchun jamoa xo`jaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, agar jamoa xo`jaligi a`zosi uzrsiz sabablarga ko`ra jamoa xo`jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo`lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi. Agar jamoa xo`jaligi a`zosi jamoa xo`jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini jamoa xo`jaligi a`zolari tarkibiga qabul qilish (chiqish) yilida bajargan bo`lsa, u holda uning ish staji jamoa xo`jaligi a`zolari tarkibiga qabul qilingan sanadan (chiqish sanasigacha) boshlab qabul qilinadi.
Jamoa xo`jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo`lmasa, mehnatning amaldagi davomiyligi bo`yicha ish vaqti hisobga olinadi.

Murojaatda fuqaroning kolxozda necha yil ishlagani, buni tasdiqlovchi hujjatlar bor-yo`qligi to`g`risida ma`lumot berilmagan. Shu sababdan fuqaroga pensiya to`g`ri yoki noto`g`ri belgilangani xususida yakuniy fikr bildirib bo`lmaydi. Murojaat etuvchiga mazkur masala yuzasidan yozma izoh berishni so`rab O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasining o`zi yashab turgan joydagi tuman (shahar) bo`limiga murojaat etish tavsiya etiladi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1