AsosiyJamiyat

​SAMARQANDDA 11 MINGTA YaNGI ISh O`RNI YaRATILADI

'​SAMARQANDDA 11 MINGTA YaNGI ISh O`RNI YaRATILADI'ning rasmi

SAMARQANDDA 11 MINGTA YaNGI ISh O`RNI YaRATILADI

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqandda 9 noyabr kuni o`tkazilgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma`lum qilgan.

– Sessiya arafasida tegishli vazirliklar, kompaniya va banklar rahbarlarini Samarqand viloyatiga yubordik. Ular bu erda o`n kun mobaynida qo`shimcha rezervlarni aniqlab, konkret investisiya loyihalarini ishlab chiqish bilan shug`ullandi. Bu ishlarning natijasi sifatida qo`shimcha investisiya loyihalarini o`z ichiga olgan yangi Dastur loyihasi shakllantirildi.

Dasturga muvofiq 2018-2019 yillarda Samarqand viloyatida umumiy qiymati 4 trillion 200 milliard so`m bo`lgan 321 ta yirik loyiha amalga oshiriladi va qariyb 11 mingta yangi ish o`rni yaratiladi, – degan Prezident.

Bu loyihalar ettita asosiy yo`nalishlar bo`yicha hayotga tatbiq etiladi.

Shavkat Mirziyoev nutqida har bir yo`nalishga alohida-alohida to`xtadib o`tgan.

    Boshqa yangiliklar