Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib chiqilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliginifosh etishdi.
“Toshkent-Dehli” yo`nalishi bo`yicha parvozga otlangan opa-singillar Dildora va Diyora G`ofurovalar tilla quymalarni bojxona nazoratidan chetlab olib chiqish maqsadida bojxonachilarning ko`zini shamg`alat qilishga urinishgan paytda to`xtatib qolindi.
Ushbu ayollar xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida Dildora G`ofurova 130 gr. og`irlikdagi 2 dona va Diyora G`ofurova 100 gr. og`irlikdagi 2 dona tilla quyma bo`laklarini ichki a`zolariga yashirgan holda olib chiqishayotgani aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.






