18.02.2014 14:43
Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tanlov e`lon qildi
Tanlov 10 hafta davom etadi. Har seshanba kuni sahifada bitta rasm joylashtiriladi. Ishtirokchi ushbu rasmda Germaniyadagi aynan qaysi joy tasvirlanganligini topishi kerak.
Rasm e`lon qilingan kundan boshlab uch kun davomida, ya`ni keyingi payshanba kuni soat 15:00 ga qadar rasm tagida sharh yozib, o`z javoblarini qoldirishlari kerak. Payshanba kuni soat 15:00 da elchixona to`g`ri javobni e`lon qiladi va shu tariqa bitta bosqichga yakun yasaladi.
To`g`ri javoblar hisobga olib boriladi va ularga bir ochkodan beriladi. Shu tarzda tanlov 10 hafta davom etadi. Eng ko`p ochko to`plagan, ya`ni, imkon qadar barcha rasm-savollarga to`g`ri javob bergan ishtirokchi g`olib chiqadi.
Bir necha kishi bir xil ochko to`plagan holda, g`olib qur`a orqali aniqlanadi. Sovrin "Olympus" markali fotokamera.





