AsosiyJamiyat

HADIS VA KALOM MAKTABLARIGA IMOM BUXORIYNING ASARI TUHFA ETILDI

'HADIS VA KALOM  MAKTABLARIGA IMOM BUXORIYNING ASARI TUHFA ETILDI'ning rasmi

Hadis maktabiga O`zbekiston musulmonlari idorasida tayyorlab nashr qilingan, buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” asarini sof arab tilida hech qanday tarjimalarsiz tuhfa etildi.

— Ushbu kitobda 1322 ta hadis to`plangan bo`lib, biz hadis maktabi talabalaridan mana shu kitobni yod olishlarini so`rab qolamiz., — dedi O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov. — Butun Arab dunyosida parokandaliklar bo`lib o`tmoqda. Bularga qarshi bugungi kunda ilm bilan kurashish menimcha samaraliroq bo`lar edi. Chunki olimlar, fozillar ko`p bo`lgan joyda yoshlar adashmaydi, turli noto`g`ri yo`llarga kirib ketishmaydi.Biz ushbu maktablar faoliyatini muntazam o`rganib, kerak bo`lsa yanada rivojlantirib boramiz.

    Boshqa yangiliklar