AsosiyJamiyat

​HARBIY-VATANPARVARLIKKA YO`G`RILGAN UChRAShUV​

'​HARBIY-VATANPARVARLIKKA YO`G`RILGAN UChRAShUV​'ning rasmi

HARBIY-VATANPARVARLIKKA YO`G`RILGAN UChRAShUV

O`zbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyi jamoasi davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda harbiy vatanparvarlik tadbirlarining o`ziga xos aksiyasini o`tkazmoqda. Toshkent davlat agrar universitetida “Mening armiyam – mening faxrim” shiori ostida o`tkazilgan tadbir harbiy orkestr sadolari bilan boshlandi.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy kasbga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda O`zbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyida saqlanayotgan tarixiy eksponatlardan namunalar namoyish qilindi. Ayniqsa, ulug` sarkarda bobolarimiz hayoti, shuningdek Qurolli Kuchlarimiz qo`shinlari faoliyatiga oid qurol-aslahalar, qo`lyozmalar, fotosuratlar, og`ir harbiy texnika maketlari va boshqa qiziqarli ashyolar yoshlarda katta qiziqish uyg`otdi.

Harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylarining talaba va o`quvchi yoshlar bilan muloqoti davomida mamlakatimizda Vatan himoyachisi kasbini tanlagan yoshlarga berilayotgan e`tibor, harbiy xizmatga kiritilayotgan o`zgarishlar va yaratilayotgan sharoitlar, erishilayotgan yutuq va natijalar to`g`risida batafsil ma`lumotlar berildi. O`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga to`liq javob oldilar. Tadbir so`nggida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansamblining konsert dasturi namoyish qilindi.

MUDOFAA VAZIRLIGI MATBUOT XIZMATI

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar