1

"Sport" telekanalida Angliya, Italiya, Ispaniya chempionatlari yana namoyish qilinadi

Jamiyat 19.02.2014, 12:42
"Sport" telekanalida Angliya, Italiya, Ispaniya chempionatlari yana namoyish qilinadi
1 martdan boshlab O`ZMTRKning “Sport” telekanali orqali Evropaning kuchli beshlik chempionatlari efirda uzatila boshlaydi.  Bu haqda uff.uz sayti “Erudit Sport” gazetasiga tayanib xabar bermoqda. 

24 fevraldan 2 martgacha mo`ljallangan teledasturda Angliya chempionatidan o`rin olgan Chelsi-Fulxem, Italiya chempionatining Roma-Inter,  Ispaniya chempionatining Atletiko-Real uchrashuvlari to`g`ridan-to`g`ri efirda uzatila boshlaydi.

Shu tariqa endi “Sport” telekanali orqali Angliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya chempionatlarini, Evropa va Osiyo chempionlar ligasi, Evropa Ligasi musobaqalarini to`g`ridan-to`g`ri kuzatish imkoniyatiga ega bo`lamiz.
  
SEShANBA, 25 FEVRAL

21.55 «AL FOTIX» - «BUNYoDKOR» 
00.40 «Olimpiakos» - «Manchester yunayted»
3.05   «ZENIT» - «BORUSSIYa»D. 

ChORShANBA, 26 FEVRAL

00.40 «GALATASARAY» - «ChELSI» 
3.05 «ShALKE 04» - «REAL»M 

PAYShANBA, 27 FEVRAL

22.55 EVROPA LIGASI 
1.00   EVROPA LIGASI 

ShANBA, 1 MART

19.50 «FUTBOL KUNI». «FULXEM» - «ChELSI». 
22.20 «FUTBOL KUNI». «BAVARIYa» - «ShALKE 04». 
00.45 «FUTBOL KUNI». «ROMA» - «INTER». 

YaKShANBA, 2 MART

20.45 «FUTBOL KUNI». «ATLETIKO» - «REAL». 
00.30 «FUTBOL KUNI». «Milan» - «Yuventus». 

Eslatib o`tamiz, “Sport” TV Evropa chempionatlari o`yinlarni 2013 yilning aprel oyidan to`xtatgan edi. 10 oylik tanaffusdan so`ng sevimli klublarimiz uchrashuvlari yana telekanalga qaytdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1