AsosiyJamiyat

​YILNING ENG ShOV-ShUVLI LOYIHASI START OLDI: “ART HOUSE”

'​YILNING ENG ShOV-ShUVLI LOYIHASI START OLDI:  “ART HOUSE”'ning rasmi

YILNING ENG ShOV-ShUVLI LOYIHASI START OLDI: “ART HOUSE”

Tadbir avvalida “O`zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Furqat Zokirov, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi o`rinbosari Kamoliddin Beknazarov, Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi Oybek Abdushukurov so`zga chiqib, o`zbek kinosidagi yangilanishlar, davlatimizning yosh kinoijodkorlarga bo`lgan yuksak ishonchi, yoshlarning esa mana shu ishonchga loyiq bo`lishlari zarurati aytib o`tildi.


Taqdimot marosimida Kengashning eng yirik loyihasi bo`lgan “ART HOUSE”

haqida ma`lumot berilib, loyihaning birinchi faslida faoliyat olib boradigan rejissyorlar Jahongir Qosimov, Rashid Malikov, Rustam Sa`diyev, Yolqin To`ychiyev, Ayub Shahobiddinov sahnaga taklif etildi.

Ular loyihaning ahamiyati haqida gapirib, yosh kinoijodkorlarga o`zlarining aktyor, operator, dramaturglardan iborat guruhlarini tanishtirib o`tishdi.

Yosh nomlar, g`oyalar, iste`dodlarni kashf etishda “Ustoz va shogird” an`analarini rivojlantirishga qaratilgan mazkur loyiha — yilning eng shov-shuvli loyihasi bo`lishi kutilmoqda.

Shuningdek, tadbirdan Kengash tomonidan suratga olinishi rejalashtirilayotgan “Gildiya” tok-shousi, tashkilot sayti hamda “PROlogue” yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari festivalidan o`rin olgan pitching taqdimoti o`rin oldi.

    Boshqa yangiliklar