Qarshi shahridagi O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlariga qarashli harbiy qism chegara postlarida xizmat qilayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga xizmat uylari topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda sohaga aloqador tashkilotlar vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolari, kasb-hunar kollejlarining “Yosh chegarachilar” harbiy-vatanparvarlik klubi faollari ishtirok etdi.
Mirishkor tumanidagi “Uzoq chorvadori” mas`uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan zamon talablari asosida barpo etilgan ikki xonali uy-joylarda yashash uchun barcha sharoit yaratilgan.
Tadbirda har biri 2 xonadan iborat 4 uy-joy o`z egalariga topshirildi. Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi mardonavor ruhdagi kuy-qo`shiqlar barchaga xush kayfiyat bag`ishladi.






