AsosiyJamiyat

​BO`Sh ISh O`RINLARI MA`LUMOTLARI ADLIYa VAZIRLIGI SAYTIDA JOYLAShTIRILDI

'​BO`Sh ISh O`RINLARI MA`LUMOTLARI ADLIYa VAZIRLIGI SAYTIDA JOYLAShTIRILDI'ning rasmi

Endi davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo`sh ish o`rinlari haqidagi ma`lumotlarni Adliya vazirligining rasmiy sayti (minjust.uz/uz/interactive/vakancy/) hamda hamda www.jurist.wintech.uz saytidan olishingiz mumkin.

Mazkur dastur QWERTY korxonasi dasturchilari tomonidan yaratilgan bo`lib, unda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarida faoliyat yuritayotgan 3040 ta xodimlar to`g`risida shaxsiy ma`lumotlar, ularning attestasiyadan o`tganligi va malaka oshirganligi hamda martaba darajalariga ega ekanligi hamda vakant joylar to`g`risidagi ma`lumotlar ko`rsatib o`tilgan.

Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo`sh ish o`rinlari to`g`risidagi yagona ma`lumotlar bazasidan barcha erkin foydalanish imkoniyatiga ega.

ESLATIB O`TAMIZ: ushbu dastur O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining 7-bandida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga vazirlikning rasmiy saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo`sh ish o`rinlari to`g`risidagi yagona, hamma erkin foydalanishi mumkin bo`lgan ma`lumotlar bazasini yaratish hamda uning muntazam ravishda yangilanib turilishini ta`minlash yuzasidan topshirilgan vazifaning amaldagi ifodasidir.

    Boshqa yangiliklar