AsosiyJamiyat

​TEXNIKA XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

'​TEXNIKA XAVFSIZLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI'ning rasmi

Milliy matbuot markazida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi tomonidan sanoat xavfsizligi sohasida qo`llaniladigan texnik qurilmalarga qo`yiladigan texnik reglamentlar to`g`risida aholi, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tadbirkorlik sub`ektlarini xabardor qilish borasida belgilangan chora-tadbirlarga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Anjumanda belgilangan texnik reglamentlarga rioya qilmaslik hamda talablarni to`liq bajarmaslik oqibatida turli noxush holatlar ham uchrayotgani qayd etildi. Misol uchun, joriy yil 20 sentyabr kuni «Olmaliq pivosi» xususiy ishlab chiqarish savdo korxonasida kompressor nazoratsiz qoldirilgani oqibatida sig`imdagi me`yoriy bosim oshib ketgan. Natijada ochiq havoga ammiak gazi chiqib ketgan. Buning oqibatida 54 fuqaroga ammiak gazidan zaharlanish tashxisi qo`yilgan va ularga markaziy shifoxona tomonidan yordam ko`rsatilgan.

Tadbir davomida bu kabi holatlarning oldini olish, texnika xavfsizligini ta`minlash, belgilangan qoidalarga rioya qilish zarurligi aytildi. Jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

    Boshqa yangiliklar