YoSh QIZChALARNING ZIRAKLARINI EChIB KETGAN AYoL JAVOBGARLIKKA TORTILDI

Jinoyat 16.11.2017, 13:50
YoSh QIZChALARNING ZIRAKLARINI EChIB KETGAN AYoL JAVOBGARLIKKA TORTILDI

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yosh qizchalarning ziraklarini echib olib, talonchilik jinoyatini sodir etgan ayol ichki ishlar organlari xodimlarining tezkor harakatlari natijasida fosh etilib qo`lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki tergov harakatlari davomida to`plangan hujjatlarga ko`ra, 1993 yilda Bekobod tumanida tug`ilgan I.U jamiyatda ijtimoiy foydali mehnat turi bilan shug`ullanmasdan, talonchilik, ya`ni o`zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilish jinoyatini qasddan sodir etgan.

Jumladan, 2017 yil 24 oktyabr kuni uy bekasi U.Aning, 29 oktyabr kuni uy bekasi Z.Mning qo`l telefonlarini foydalanish bahonasida olib qochib ketib, ushbu telefon apparatlarini fuqaro D.Xga o`g`irlanganligini ma`lum qilmasdan sotib pullarini o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Bundan tashqari, I.U 2017 yil 31 oktyabr kuni Bekobod tumani 13-sonli umumiy ta`lim maktabining 5-sinfida ta`lim oluvchi 2007 yilda tug`ilgan S.Aning quloqlarida bo`lgan tilla ziraklardan, uning chap qulog`idagi bir dona tilla zirakni, shu kuni soat taxminan 12:30 da Bekobod shahrida ko`p qavatli uyning oldidagi bolalar maydonchasida o`tirgan 2001 yilda tug`ilgan K.Tning quloqlarida bo`lgan bir juft tilla zirakni, 1 noyabr kuni soat taxminan 09:10 da Bekobod tumani Zafar qo`rg`onida joylashgan 55-sonli maktab binosining oldida, shu maktabning 3-sinfida o`quvchisi, 2008 yilda tug`ilgan M.Qning tilla ziragini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilgan, tilla ziraklarni sotib, ushbu pullarni ham o`zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Ushbu jinoyatni sodir etganligi uchun I.U Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga ko`ra, javobgarlikka tortildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1