“Amaliyot e`tirofi — 2017” yakuni bo`yicha o`tkazilgan tanlovga 50dan ziyod talabadan 600 ga yaqin jurnalistik material taqdim etildi. Ishtirokchilar orasidan matbuot, radio, televidenie, internet, sport jurnalistikasi, jurnalistika sohasiga oid ilmiy izlanish kabi asosiy yo`nalishlar hamda jurnalistik janrlar bo`yicha yana 17 ta qo`shimcha nominasiya bo`yicha g`oliblar saralab olindi. Ular diplom, ramziy statuetka va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, etakchi ommaviy axborot vositalari ham o`z nominasiyalari bilan qatnashdi. Xususan, “Xalq so`zi” va “Narodnoe slovo” gazetalari tahririyati jamoasi Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalaridan bir guruhini “Xalq so`zi” va “Narodnoe slovo” gazetalari tahririyati ijodiy jarayonlarini o`rganishdagi faol ishtiroki uchun” nominasiyasi bo`yicha esdalik sovg`alari bilan rag`batlantirdi.
Anjumanda malakali jurnalist kadrlar tayyorlash jarayonlarini kuchaytirishga doir taklif, fikr-mulohazalar bildirildi.






