AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTON HAVO YO`LLARI DUShANBEGA AVIABILETLAR NARXINI YaNA PASAYTIRDI

'O`ZBEKISTON HAVO YO`LLARI DUShANBEGA AVIABILETLAR NARXINI YaNA PASAYTIRDI'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi 17 noyabrdan boshlab Toshkent – Dushanbe va Dushanbe – Toshkent yo`nalishlari uchun aviabiletlar narxi arzonlashganini e`lon qildi.

MAK matbuot xizmatiga ko`ra, bir tomonga biletning yakuniy narxi barcha yig`imlarni ichiga olgan holda 65 evroga, Dushanbe – Toshkent – Dushanbe reysi uchun 130 evroga teng bo`ladi.

O`zbekiston hududida aviachipta uchun to`lov milliy valyutada to`lov kungi Markaziy bank kursi asosida amalga oshiriladi.

Qayd etish joiz, keyingi paytda ushbu yo`nalishda aviabiletlar narxi pasayishi kuzatilmoqda. Shu yilning 13 oktyarbida ham "O`zbekiston havo yo`llari" aviabilet narxini tushirgandi.

Eslatib o`tamiz, “O`zbekiston havo yo`llari” Tojikiston poytaxtiga haftaning seshanba kunlari A320 samolyotlarida reyslarni amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar