AsosiyJamiyat

19 NOYaBR – XALQARO AYoLLAR TADBIRKORLIGI KUNINI NIShONLASh TAKLIF QILINDI

'19 NOYaBR – XALQARO AYoLLAR TADBIRKORLIGI KUNINI NIShONLASh TAKLIF QILINDI'ning rasmi

Poytaxtimizda “O`zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida ayollar tadbirkorligining o`rni va ahamiyati” mavzuida konferensiya bo`lib o`tdi.

Tadbir “Tadbirkor ayol” O`zbekiston ishbilarmon ayollar assosiasiyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari qo`mitasi, Xotin-qizlar qo`mitasi ko`magida tashkil etildi.

“Tadbirkor ayol” O`zbekiston ishbilarmon ayollar assosiasiyasi raisi G.Mahmudova, parlament Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari qo`mitasi raisi A.Saidov va boshqalar mamlakatimizdagi izchil islohotlar tufayli ayollar tadbirkorligi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini qo`llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgani, ishbilarmon ayollar iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo`shayotganini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar