O`tgan haftada respublikamiz avtomobil yo`llarida jami 223 yo`l-transport hodisasi sodir etilgan. Natijada, 216 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan.
Hafta davomida yo`l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 89 mingdan ziyod qoidabuzarlik aniqlangan bo`lib, ularning 46 ming 124 tasi qo`pol qoidabuzarlik sifatida qayd etilgan. Jumladan, 1 ming 783 haydovchi transport vositasini mast holda boshqargani, 14 ming 373 nafari belgilangan tezlik talablarini, 1 ming 584 haydovchi svetofor va chorrahalardan o`tish qoidasini, 13 ming 739 nafari odam tashish qoidasini buzgani, 1 ming 343 haydovchi harakat vaqtida telefondan foydalangani, 13 ming 42 haydovchi xavfsizlik kamarlarini taqmasdan harakatlangani uchun to`xtatilgan. Ularga nisbatan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.






