AsosiyJamiyat

TOShKENTDAGI RUHIY KASALLIKLAR ShIFOXONASIDAN UCh BEMOR QOChIB KETDI

'TOShKENTDAGI RUHIY KASALLIKLAR ShIFOXONASIDAN UCh BEMOR QOChIB KETDI'ning rasmi

Toshkent shahridagi Respublika ruhiy xastaliklarni intensiv kuzatish shifoxonasidan 20 noyabr, dushanba kuni uch bemor qochib ketdi.

Qochgan bemorlar muqaddam jinoiy harakatlari uchun javobgarlikka tortilgan. Ulardan biri o`g`rilik, ikkinchisi giyohvandlik moddasini tarqatish, uchinchisi tanaga qasddan og`ir tan jarohati etkazish kabi qilmishlarga qo`l urgan.

Qayd etishlaricha, ikki nafari Qashqadaryodan, yana biri Samarqand viloyatidan bo`lgan bemorlar shifoxonada signalizasiya tizimi ishlamaganidan foydalanib, qochgan. Ulardan biri onasi bilan aloqaga chiqib, «taksiga pul zarur»ligini aytgan.

    Boshqa yangiliklar