AsosiyJamiyat

O`ZBEKISTONLIK O`QUVChILAR XALQARO BILIMLAR OLIMPIADASIDA 49 MEDALNI QO`LGA KIRITDI

'O`ZBEKISTONLIK O`QUVChILAR XALQARO BILIMLAR OLIMPIADASIDA 49 MEDALNI QO`LGA KIRITDI'ning rasmi

Turkiyada IX Xalqaro bilimlar olimpiadasi bo`lib o`tdi. Antaliya sayyohlik akademiyasi hamda Rossiyaning EDUANT xalqaro maktabi tomonidan tashkil etilgan olimpiadada yurtimiz maktab o`quvchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Toshkent shahridagi “Intellect” bog`cha-maktab nodavlat ta`lim muassasasining 25 o`quvchisidan iborat jamoa 6 oltin, 20 kumush va 23 bronza – jami 49 medalni qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zAA xabar bermoqda.

Ular umumjamoa hisobida birinchi o`rinni egalladi hamda matematika, rus va ingliz tillari, tasviriy san`at bo`yicha to`rtta kubokka sazovor bo`ldi. IX Xalqaro bilimlar olimpiadasida Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Rossiya, Turkiya, O`zbekiston, Ukraina mamlakatlaridan besh yuz nafar maktab o`quvchisi matematika, geografiya, fizika, kimyo, biologiya, jahon tarixi, atrof-muhit, tasviriy san`at, rus, ingliz va turk tillari bo`yicha o`z bilimlarini namoyish etdi.

    Boshqa yangiliklar