1

Bir yo`la to`rt egizakli bo`lgan yurtdoshimiz mas`uliyatsizlik sabab bittasidan ayrildi

Jamiyat 26.02.2014, 21:10
Bir yo`la to`rt egizakli bo`lgan yurtdoshimiz mas`uliyatsizlik sabab bittasidan ayrildi
Muxlisa Ibragimova ismli to`rt nafar egizak farzand ko`rgan ayol bir yo`la ikki qiz va ikki o`g`illi bo`lgan edi. 

“Pravda Vostoka” nashrining [url=http://pv.uz/]xabar qilishicha, oilaning quvonchi uzoqqa cho`zilmadi, ularning hayotida falokat yuz berdi – chaqaloqlardan biri vafot etdi.

Tug`ruqni qabul qilgan Respublika ixtisoslashgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bu savollarga javob bera olmayapti.
 
“2007 yilda Prezident Qarori bilan tashkil etilgan ushbu Markazda barcha shifokorlar ham tibbiy sohasidagi javobgarligini sezmayotgan ko`rinadi. Markaz bo`limlaridan biri fevral boshida Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tomonidan tekshirilganligi natijasida, bu erda bir qator tug`ruq me`yorlari va qoidalari buzib kelinayotganligi aniqlangan.

Xususan, abort bo`limida o`tkazilgan 61 ta kichik jarrohlik amaliyotidan 51 tasi nosteril sharoitda amalga oshirilgan. Markaz xodimlari buni kichik tibbiy xodimlarning mas`uliyatsizligi bilan izohlashlari mumkin albatta, biroq bu narsaga e`tiborsiz qarab bo`ladimi. Qaysi tibbiyot muassasi rahbari oddiy me`yorlarga rioya qilinmaganlikka shundoq qarab tura oladi. Shunisi ajablanarliki, markaz rahbariyati Sog`liqni saqlash vazirligining 378-sonli buyrug`ining bo`limlaridan birini bajarmagan. 2011 yil O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Onalik va bolalik salomatligini asrash va sog`lom avlodni shaklllantirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori ijrosi doirasida qabul qilingan Vazirlikning buyrug`iga asosan bu erda chaqaloqlar patalogiya bo`limi umuman tashkil etilmagan. Bizning davrda bu juda muhim bo`lim bo`lib, aynan mana shu erda ilmiy fikrlar dunyoga keladi, eng yuqori malakali shifokorlar faoliyat yuritishi kerak. Aynan chaqaloqlar patalogiyasi bo`limi xodimlari o`z zimmalariga inson umrini saqlab qolishday mas`uliyatli vazifani olishlari zarur. Markazda bunday bo`lim yo`q ekan, demak tug`ruq jarayonida muammo vujudga kelgan chaqaloqlarni ham to`g`ri davolab bo`lmaydi, aynan mana shu narsa to`rt egizakni dunyoga keltirgan onani ham quvonchidan ayirdi.

Endi Davlatimiz tomonidan to`rt egizak farzand tug`ilgach Vazirlar Mahkamasining qarori bilan oilaga Toshkent markazidan ajratilgan uch xonali uy ham bu oila g`amini yuvib keta olmaydi. Buning hammasi oq xalati sha`niga dog` tushirgan shifokorlarning e`tiborsizligi sababli.

Ushbu hodisaning “Sog`lom bola yili”da ro`y bergani esa undanda qayg`uli” - deb yozadi “Pravda Vostoka” nashri.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1