Gulistonda 32 yosh oila yangi uyga ko`chib o`tdi Sirdaryo viloyati Guliston shahrida bunyod etilgan «Yoshlar» uyi o`z egalariga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda yosh oilalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoiti yaratishga doimiy e`tibor qaratilayotgani ta`kidlandi.
Zamonaviy me`morchilik asosida barpo etilgan ikki va uch xonadan iborat ko`p qavatli uy 32 xonadonga mo`ljallangan bo`lib, barcha qulaylik va sharoitlarga ega.






