AsosiyJamiyat

YoShLAR PRESS KLUBIDA QANDAY MAVZU KO`TARILDI?

'YoShLAR PRESS KLUBIDA QANDAY MAVZU KO`TARILDI?'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Yoshlar press-klubida bolalar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, istiqboldagi vazifalarga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Yoshlar ittifoqi, BMT Bolalar jamg`armasi (YuNISEF)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi mutasaddilari, viloyatlardan taklif etilgan iste`dodli, faol o`quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

2016 yil 15 sentyabrdan kuchga kirgan O`zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi qonuni mamlakatimiz yoshlari taqdirida muhim ahamiyat kasb etayotgani, BMTning Bola huquqlari to`g`risidagi xalqaro konvensiyasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalar hayotga izchil tatbiq etilayotgani ta`kidlandi.

Bosh qomusimizda onalik va bolalik davlat himoyasida, farzandlar ota-onalarining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat`i nazar, qonun oldida tengligi belgilab qo`yilgan.

Yurtimizda bolalar va yoshlar bo`yicha Ombudsmanning tashkil etilishi bolalar hayotiga doir dasturlarni izchil amalga oshirish, bolalar huquqlari bilan bog`liq vaziyatlarni kuzatib borish hamda ularning ijtimoiy munosabatlarga faol kirishishini yanada keng ta`minlashda alohida ahamiyatga ega.

Tadbirda bolalarning huquqiy bilimini boyitish, Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya qoidalaridan xabardorlik darajasini oshirish lozimligi qayd etildi. O`quvchi-yoshlarni qiziqtirgan masalalar, echimini kutayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar