AsosiyJamiyat

HUNARMANDLAR QAT`IY BELGILANGAN SOLIQDAN OZOD ETILADI

'HUNARMANDLAR QAT`IY BELGILANGAN SOLIQDAN OZOD ETILADI'ning rasmi

2017 yilning 1 dekabridan boshlab hunarmandlar o`z mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishda qat`iy belgilangan soliqdan ozod etiladi. «Hunarmand» uyushmasi O`zbekiston Savdo-sanoat palatasiga uyushgan a`zo sifatida a`zolik badali to`lovisiz kiritiladi. Bu haqda O`zAA xabar bermoqda.

Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasiga sug`urta badali to`lovidan ozod etiladi.

Hunarmandlarga o`z mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan xorijiy valyutani erkin tasarruf etish, shu jumladan, bank hisobraqamidagi chet el valyutasini naqd shaklda olish huquqi beriladi.

Hunarmandlar uchun davlat mulki obektlari uchun ijara to`lovi belgilangan eng kam to`lovning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar