AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi BAAga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi

Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasining ilk mashg`uloti bugun “JAR” stadionida soat 16:00da boshlanadi. Bu haqda UFF rasmiy tvitterida xabar qoldirildi.

M.Qosimovning aytishicha, futbolchilar yig`in oldidan o`z klublari safida maydonga tushishganliklari tufayli, dastlab tiklanish mashqlari bajariladi

“Yig`inga chaqirilgan futbolchilarning bir qismi Toshkentga etib kelgan. Qolganlar 1 martgacha safga kelib qo`shiladilar. Ikki kun ichida xorijdagi futbolchilarimiz safimizga kelib qo`shilishadi”,-deydi O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi. 

    Boshqa yangiliklar