Yangiyo`l shahridagi 62-sonli umumta`lim maktabining 9-sinf o`quvchilari ekskursiya bilan Toshkent viloyatida joylashgan Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qismga tashrif buyurishdi.
Bu erda o`quvchi-yoshlar harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta`minot masalalari va ularning xizmat faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi. Ekskursiya yakunida ular askar akalari bilan yangi ishga tushirilgan oshxonada birga tushlik qildi.
Qayta ta`mirlanib, ishga tushirilgan mazkur oshxona muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan askarlarning ijtimoiy himoyasini, jumladan, sifatli oziq-ovqat maxsulotlarini etkazish va ularning dasturxonini milliy taomlar bilan yanada boyitishni ta`minlaydi.
Shu kuni harbiy xizmat bilan bog`liq bo`lgan barcha jarayonlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.






