Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga 2017 yil 19 noyabr kuni soat 12:35 larda M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo`lining G`allaorol tumani hududidan o`tgan qismida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lganligi to`g`risida xabar kelib tushdi.
Boshqarma qutqaruvchilari voqea joyiga etib borishganda Toshkent-Samarqand yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelayotgan yuk avtomashinasi va engil avtomobil ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan bo`lib, yuk avtomobili haydovchisi mashina salonida siqilib qolib ketganligi ma`lum bo`ldi.
Qutqaruvchilarning vaziyatga to`g`ri baho berish, aniq va tezkor harakatlar natijasida yuk avtomashinasi salonida qisilib qolgan haydovchini maxsus qutqaruv vositalari yordamida avtomashina salonidan chiqarib olishdi va G`allaorol tuman Markaziy klinikasining jonlantirish bo`limiga yotqizildi. Ushbu orqali yana bir insonning hayoti saqlab qolindi.
24.11.2017 14:26
AVTOHALOKAT TUFAYLI AVTOMABIL IChIDA QISILIB QOLGAN HAYDOVChI QUTQARIB OLINDI






