AsosiyJamiyat

​TOZA HUDUD LOYIHASI DOIRASIDA “SAMAVTO” ZAVODI BILAN UMUMIY QIYMATI 32,2 MLRD. SO`MLIK ShARTNOMALAR IMZOLANDI

'​TOZA HUDUD LOYIHASI DOIRASIDA “SAMAVTO” ZAVODI BILAN UMUMIY QIYMATI 32,2 MLRD. SO`MLIK ShARTNOMALAR IMZOLANDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi soha mutaxassislarining Xalqaro press klub sessiyasida ma`lum qilishicha, tuman (shahar) hokimiyatlari qoshidagi obodonlashtirish boshqarmalarining beg`araz beriladigan mol-mulki xatlovdan o`tkazilib, 1 404 ta maxsus texnikalar, 4 337ta chiqindi to`plash maydonchasi, 5 660 ta konteyner, 120 ta poligon o`rnatilgan tartibda "Toza hudud" DUKlar balansiga qabul qilindi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2916-sonli Qaror bo`yicha 2017 yilda davlat byudjeti hisobidan 52,1 mlrd.so`mlik 158 ta assenizasiya avtomashinalarini xarid qilish belgilangan bo`lib, “SamAvto” zavodining rasmiy dilerlari bilan 122 ta avtomashinaga umumiy qiymati 32,2 mlrd. so`mlik shartnomalar imzolandi.

    Boshqa yangiliklar