AsosiySPORT

O'zbekiston MTJning jahon chempionatiga boradigan yakuniy tarkibi ma'lum qilindi

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilarning yakuniy ro'yxatini e'lon qildi.

'O'zbekiston MTJning jahon chempionatiga boradigan yakuniy tarkibi ma'lum qilindi'ning rasmi

O'FA matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan mundialda 30 nafar futbolchi O'zbekiston sharafini himoya qiladi.

Tarkibdan quyidagi futbolchilar o'rin olgan:

Darvozabonlar: O'tkir Yusupov ("Navbahor"), Botirali Ergashev ("Neftchi"), Abduvohid Ne'matov ("Nasaf").

Himoyachilar: Avazbek O'lmasaliyev ("OKMK"), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Rustam Ashurmatov ("Istiqlol", Eron), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Abduqodir Husanov ("Manchester Siti", Angliya), Abdulla Abdullayev ("Dibba", BAA), Farrux Sayfiyev ("Neftchi"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Sherzod Nasrullayev ("Paxtakor"), Behruz Karimov ("Surxon").

Yarim himoyachilar: Sherzod Esanov ("Buxoro"), Odil Hamrobekov ("Traktor", Eron), Akmal Mozgovoy ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Baniyas", BAA), Jamshid Iskanderov ("Neftchi"), Jasur Jaloliddinov ("So'g'diyona"), Aziz G'aniyev ("Al Bataeh", BAA), Umarali Rahmonaliyev ("Sabah", Ozarbayjon).

Hujumchilar: Abbosbek Fayzullayev ("Bashakshehir", Turkiya), Jaloliddin Masharipov ("Istiqlol", Eron), Doston Hamdamov ("Paxtakor"), Oston O'runov ("Persepolis", Eron), Ruslan Jiyanov ("Navbahor"), Aziz Omonov ("Dinamo"), Sherzod Temirov ("Erbil", Iroq), Igor Sergeyev ("Persepolis", Eron), Eldor Shomurodov ("Bashakshehir", Turkiya).

Shuningdek, yig'inda qatnashgan Muhammadrasul Abdumajidov, Diyor Ortiqboyev, Quvondiq Ro'ziyev, Nodir Abdurazzoqov, Alisher Odilov, Sardor Bahromov, Husayn Norchayev va Muhammadqodir Hamraliyev jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilmadi.

    Boshqa yangiliklar