AsosiyJamiyat

ShOHRUX MIRZO TOPShIRIG`I BILAN YaRATILGAN KITOB FRANSIYaDAN KELTIRILMOQDA

'ShOHRUX MIRZO TOPShIRIG`I BILAN YaRATILGAN KITOB FRANSIYaDAN KELTIRILMOQDA'ning rasmi

Ertaga Toshkentda “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi o`z faoliyatini boshlashidan xabaringiz bor. Unda yana bir noyob durdona kitob nusxasining taqdimot marosimi bo`lib o`tadi.

Me`rojnoma” - turkiy adabiyotning bebaho yodgorligi bo`lib, XIV asrda o`zbek shoiri Haydar Xorazmiy tomonidan bitilgan. Asar arab va uyg`ur yozuvlaridan foydalangan holda mumtoz o`zbek tili – qadimgi turkiyda yozilgan. Asar Sohibqiron Amir Temurning o`g`li, buyuk olim va shoh Mirzo Ulug`bekning otasi Shohrux Mirzo topshirig`i bilan yaratilgan. Qo`lyozma yaratilishida o`z davrining eng yaxshi miniatyurachi rassomlari ishtirok etishgan. 84 ta sahifani o`z ichiga olgan “Me`rojnoma”ning 70 ta sahifasini muhtasham miniatyuralar tashkil etadi. Unda payg`ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning me`rojga chiqishlari, bir kechada Makkadan Quddusga borib, Masjidul-aqsoni ziyorat qilishlari bilan bog`liq miniatyuralarin ham ko`rish mumkin. Ushbu bebaho qo`lyozma Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar