O`zbekistonda Butunjahon glaukoma haftaligi bo`lib o`tadi

Jamiyat 06.03.2014, 11:04
O`zbekistonda Butunjahon glaukoma haftaligi bo`lib o`tadi

Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi markazi tashabbusi bilan 10-15 mart kunlari O`zbekistonda Butunjahon glaukoma haftaligi bo`lib o`tadi. 

15 mart kuni Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ochiq eshiklar kuni deb e`lon qilindi. Shu kuni 35 yoshdan katta bo`lganlar mamlakatning barcha oftalmologik klinikalarida bepul ko`rikdan o`tishlari hamda maslahatlar olishlari mumkin bo`ladi. Bu haqda “Uzbekistan Today” nashri xabar qiladi.

Nashrning qayd etishicha, glaukoma surunkali kasallik bo`lib, ko`z ichki bosimining kuchayishi bilan kuzatiladi va boshlang`ich bosqichi yashirin tarzda o`tadi. O`zbekistonda bu kasallik bilan turli yoshdagilar jabr tortmoqda. Mutaxassislarning fikricha, kasallikni o`z vaqtida aniqlash va uning oldini olish ko`rlikni to`xtatishga olib keladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1