1

“O`zbekiston havo yo`llari” mahalliy yo`nalishlarga tariflarni pasaytirdi

Jamiyat 07.03.2014, 10:35
“O`zbekiston havo yo`llari” mahalliy yo`nalishlarga tariflarni pasaytirdi

Navro`z bayrami arafasida “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi ba`zi bir mahalliy yo`nalishlarga tariflar pasayganini ma`lum qildi.

2014 yilning 10 martidan Toshkent-Navoiy va Navoiy –Toshkent yo`nalishi bo`yicha maxsus tarif kiritiladi. Yangi tarif bo`yicha Toshkent-Navoiy yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi 29 evroni va Navoiy –Toshkent yo`nalishi bo`yicha 27 evroni tashkil qiladi. O`zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun to`lov O`zR Markaziy bankining to`lov kunidagi kursi bo`yicha so`mda amalga oshiriladi. Aksiya 2014 yilning 31 mayiga qadar bajariladigan qatnovlarida amal qiladi.

Eslatib o`tamiz, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo`nalishidagi reklama tarifining amal qilishi davom etmoqda va bir tomonga bunday aviachipta narxi 16 evroni tashkil qiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1