1

O`zbekistonda qizlarni bachadon bo`yni saratoniga qarshi emlashadi

Jamiyat 10.03.2014, 11:17
O`zbekistonda qizlarni bachadon bo`yni saratoniga qarshi emlashadi

2015 yildan Vaksina va immunizasiya ishlari bo`yicha Global Alyans (GAVI Alliance) qizlarni odam papilomasi virusiga qarshi emlash bo`yicha dasturni amalga oshirishga ko`maklasha boshlaydi.

GAVI Alliance xabar qilishicha, O`zbekistonda qizlarni papilloma virusiga qarshi emlash bo`yicha dastur ishlab chiqildi. Mazkur dastur 10 dan 12 yoshgacha bo`lgan bolalarni o`z ichiga oladi. Dasturni amalga oshirish qizlarni bachadon bo`yni saratoni kasalidan himoya qiladi.

Qizlarni emlash ishlari yurtimiz maktab va tibbiyot muassasalarida o`tkaziladi, deya xabar qiladi Uzdaily nashri.

Bachadon bo`yni saratoni rivojlangan mamlakatlarda ayollar o`rtasida o`lim holati yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biridir.

GAVI Alliance ma`lumotlariga ko`ra, butun dunyoda bachadon bo`yni saratonidan har yili 266 ming nafar ayol vafot etadi. Tegishli choralar ko`rilmasligi oqibatida ushbu son 2020 yilga kelib, 430 ming kishini tashkil qiladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1